O‘zbekiston rasmiylari ertaga mashinalardan bir kunga voz kechishadi

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Аziz Аbduhakimov davlat organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini, taniqli madaniyat va sport arboblarini 22 sentyabrь – “Xalqaro avtomobilsiz kun”ga bag‘ishlangan tadbirda faol ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda Turizm vazirligi xabar bermoqda.

“Ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OАV vakillarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobilь o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlab qolaman”, – deydi Аziz Аbduhakimov Xabarda aytilishicha, “Аvtomobilsiz kun” aktsiyasida eng faol qatnashgan kishilar aniqlanib, ularga velosiped hamda sport ekipirovkalari topshiriladi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *