Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bog‘liq holat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma’lumot berdi.
Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bog‘liq holat O‘zbekiston Respublikasi diplomatik organlari va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olindi.
Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, migrantlar shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi 3 nafar fuqaroning ahvoli qoniqarli. Holatlar bo‘yicha tergov tadbirlari rasmiy xulosasi olingach qo‘shimcha ma’lumot beriladi.