Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jiyda tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Masalan, uning mevasida kaliy moddasi bo’lib, bu inson organizmida yurak-qon tomirlari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘z navbatida insult, infarkt va boshqa muammoli kasalliklarning yuzaga kelishini oldini oladi.
Jiydaning barglarini ham foydali tomonlari bo’lib, barglari revmatizm, podagra va radikulitni davolash jarayonida yordam beradi. Bundan tashqari, ular jarohat va yaralarga bog‘langanda yara bitishi tezlashadi.
Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega va uyqu dorilar bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, ularning faolligini oshiradi. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi va salomatlikni mustahkamlaydi.
Tanganing ikki tomoni bo’lganidek, jiydaning zarari va nojo’ya ta’siri ham mavjud. Homilador va emizikli ayollar uni iste’mol qilishlari tavsiya etilmaydi.