Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 1 dekabr kuni Oʼzbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida maʼlum qildi.
Unga koʼra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 19-21° iliq boʼladi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʼladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 18-23° iliq boʼladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʼladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq boʼladi.
Andijon, Namangan, Fargʼona viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʼladi.