Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov nega OAV dan uzoqda?

2016 yil kuzida Prezident almashinuvi orqasidan hukumatda juda koʻp almashinuvlar yuzaga keldi. Xususan kuch ishlatar tuzilmalarda ham.
2017 yil yanvarida Ichki Ishlar vazirligiga Abdusalom Azizov tayinlandi.
Aynan Abdusalom Azizov vazirligida Oʻzbekiston tarixida birinchi marta OAV uchun ochiqlik bilan matbuot anjumani oʻtkazildi. Bunda shaxsan vazirning oʻzi OAV vakillari bilan uchrashib, ochiq yuz bilan, samimiy kayfiyatda savollarga javob berdi. Bu vaqtgacha ichki ishlar vaziridan intervyu olish tugul, ularni rasmga ham olib boʻlmasdi.

Aynan A.Azizov davrida ichki ishlar tizimi ham OAV uchun ochildi, har qanday holatga ham rasmiy munosabat berila boshladi.

Keyin A.Azizov avval Mudofaa vazirligiga, undan keyin Davlat Xavfsizligi Xizmatiga(I.Abdullayev xoinligi sababidan(Prezident taʼbiri bilan aytganda), kutilmaganda) oʻtkazildi.

Uning oʻrniga Poʻlat Bobojonov tayinlandi.
Lekin P.Bobojonov, tashqaridan qaraganda, OAV ni unchalik yoqtiradiganga oʻxshamaydi. Toʻgʻri vazirlik axborot xizmati, xususan Shohruh Gʻiyosov ancha faol. Lekin Vazirni bunday deb boʻlmaydi. Rasmiy davralarni hisobga olmasa, deyarli jamoatchilik bilan “gaplashmaydi”. Majburiy davralar boʻlsa ham, OAV uchun samimiy emasdek koʻrinadi(tashqaridan shunday, aslida qanday bilmayman, yaqindan tanimayman, avval koʻrishmaganman, gaplashmaganman).

Yoki A.Azizov vaqtida boshqacha, P.Bobojonov vaqtida boshqacha topshiriq boʻlganmikan, jamoatchilikka munosabat nuqtai nazaridan ?

A.Azizovga oʻxshash xodimni yana bir marta koʻrdim.

Fargʻona viloyat IIB ga (Toshkentdan, vazir oʻrinbosari boʻlib ishlagan) rahbar boʻlib kelgan polkovnik D. Tashxodjayev ham OAV uchun shunday ochiq inson sifatida taassurot uygʻotdi. Samimiy, ochiq, u kelganidan keyin Fargʻona IIB matbuot xizmati ham ancha faollashdi.

P.Bobojonov hatto ketma-ket bir necha xodimlari tizimdagi holatlar haqida videomurojaat qilsa ham, ayrim xodimlariga boshqa tashkilotlar ochiqdan ochiq “hujum” qilsa ham, negadir bu haqda jamoatchilik bilan “gaplashgisi kelmaydi”.

Mayli, buni ham bir hayri bordir.

Olimjon Haydarov