Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Rossiyada oʻzbekistonlik oilaning ikki farzandi muzlagan koʻlga choʻkib ketdi

06.12.2021 13:09

11

Rossiyaning Ryazan viloyatida oʻzbekistonlik ikki bola suvga choʻkib ketdi. Bu haqda mamlakat Tergov qoʻmitasining Ryazan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Aniqlanishicha, 4 va 7...

Rossiyaning Ryazan viloyatida oʻzbekistonlik ikki bola suvga choʻkib ketdi. Bu haqda mamlakat Tergov qoʻmitasining Ryazan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 4 va 7 yoshda boʻlgan bolalar "Dedyuxino" qishlogʻida joylashgan sunʼiy suv havzasining ochiq muziga chiqqan. Kutilmaganda muz yorilib, bolalar choʻkib ketgan.

Maʼlum qilinishicha, marhumlarning ota-onasi bolalarni Oʻzbekistonda dafn etadi.

Holat yuzasidan Rossiya Tergov departamentining Ryazan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan tekshiruv boshlangan.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган