Qashqadaryoda 4 kishi 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilmoqda,tergov bola tug‘ilishini kutmoqda

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra,15 yoshli qiz 4 yigit tomonidan zo‘rlangan.


Mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 2-qism a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Olib borilgan tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan H.Aning arizasiga ko‘ra, zo‘rlaganlikda gumon qilingan 4 nafar shaxs bu harakatlarni sodir etmaganliklarni aytib, inkor qilishgan.

Tergov ishida dalillar yetarli bo‘lmaganligi bois tergov hujjati vaqtincha to‘xtatilgan. Bola tug‘ilib, DNK tekshiruvi natijasi e’lon qilinishi bilan tergov harakatlari qayta qo‘zg‘atiladi.