Qator tashkilot rahbarlariga prezident hayfsan va qat’iy ogohlantirish berdi


Shavkat Mirziyoyev qator tashkilot rahbarlariga hayfsan va qat’iy ogohlantirish berdi.

Ushbu dastur ijrosi bo‘yicha Farmasevtika agentligi rejani 51 foizga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa 10 foizga bajarmagani, ushbu ikki tizimda sanoat kooperasiyasi bo‘yicha ishlar umuman boshlanmagani, “Issiqlik elektr stansiyalari” esa rejani atigi 26 foizga bajargani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun Farmasevtika agentligi direktoriga “hayfsan” e’lon qilindi. Uning ikkala o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi.

Bosh vazirga Farmasevtika agentligi tizimi va faoliyatini tubdan o‘zgartirish choralarini ko‘rish topshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi vazifasini bajaruvchisiga “hayfsan”, «Issiqlik elektr stansiyalari» raisi, «O‘zmetkombinat» raisi, «O‘zbekneftgaz» raisining birinchi o‘rinbosariga qat’iy ogohlantirish berildi.

Yanvar-fevral oylarida “Elektron kooperasiya” portali orqali 860 milliard so‘mlik 5 mingta shartnoma tuzilgan bo‘lsada, ularning ijrosi ayrim hududlarda bajarilmagani, elektron savdolarda Qoraqalpog‘iston, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 foizni ham tashkil qilmasligi tanqid qilindi.