So‘nggi vaqtlarda nafaqat xorij o‘lkalarida, balki O‘zbekistonda ham o‘zini osib qo‘ygani, yoqib yuborgani xususida xabarlar elas-elas qulog‘imizga chalinmoqda. Xususan Qashqadaryo viloyatida yaqin bir yil ichida 3 ta o’z joniga qasd qilish holati kuzatildi
2021-yil 30-noyabr kuni Qarshidagi «Abu Ali ibn Sino» nomidagi jamoat salomatligi tehnikumi 2-kurs talabasi yotoqxona derazasidan o’zini tashlab yuborgan va voqea joyda vafot etgan. Aniqlanishicha 2001-yilda tuğilgan talaba opasi bilan yotoxonaning 4-qavatida yashagan. Voqea kuni 5-qavat derazasidan sakrab o’z joniga qasd qilgan.
Dugonalarining aytishicha tabiatan xushchaqchaq bo’lgan marhuma o’sha kuni barcha kursdoshlari bilan xayrlashganday tassurot qoldirgan. Vafotidan bir necha kun oldin opasi bilan kelisholmay qolgan.
Talaba qizning o’limi yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruvlar yakunlanib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan va vaziyatga aloqador bo’lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olingan.
O’tgan yilning may oylarida Nishon tumanidagi 23-sonli umumiy o’rta taʼlim maktabning 11-sinf o’quvchisi M.A (qiz bola) uyining orqasidagi og’ilxonada arqon yordamida o’z joniga qasd qilib, o’lik holatda topilgan. Qizning nima sababdan bunday qilgani haqida har kim har xil munosabat bildirmoqda. Biroq sabab oxirigacha oydinlashmadi.
Maktab direktori Chori Rajabov o’quvchisining o’limi haqida shunday deydi: «Mash’um xabarni eshitib boshim og‘rib qoldi. Xuddi miyamni bir chekkasi ishlamay qolganday. Biroz o‘tib o‘zimga kela boshladim. Dastlab xayolimdan o‘tkazganim, o‘quvchimizning uydagilari uning biror-bir iltimosini bajarmadimikan, har holda yosh bola-ku, kiyim olmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, onasi qarshilik qildimikan deya o‘yladim. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ertalabdan «zakaz» uchun tort va pishiriqlar pishirib, kimgadir sotgan ekan. Kiyim olaman desa qo‘lida puli bor. Bilmadim nima jin urdi ekan, hali ham o‘ylab o‘yimga yeta olmayapman»
Marhumaning sinf rahbari esa o’quvchilarining voyaga yetganligi va ular allaqachon mustaqil qaror qabul qilishlari haqida gapiradi: «Bitiruvchilarning har biri 18 yoshda. Mustaqil, pasportga ega O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. O‘zlari qat’iy qaror qabul qila oladi. Marhumaning vafotiga sabab bo‘ldi deya tarqalayotgan bitiruv kechasi haqidagi gap-so‘zlar haqida men bir necha bor o‘quvchilarimga tushuntirganman. O‘tgan yili pandemiya tufayli bitiruv kechalari o‘tkazilmagan. Bu yili ham bitiruv kechasiga ruxsat berilmaganligini bir necha kun oldin tushuntirganman»,- deydi Oyravshan Nazarova.
Bitiruv kechasi uchun ruxsat berilmaganligini parallel sinf rahbari ham tasdiqlaydi.
Qizning yaqin dugonasi esa marhumaning a’lo baholarga o’qishi, sinfda ajralib turishi, texnologiya yo’nalishiga hujjat topshirib oq’ishga kirish uchun harakat qilayotgani haqida gapirdi.
Mazkur voqea yuzasidan tekshiruv ishlari yakunlanib, barcha rahbarlarga mehnat kodeksining tegishli moddalari asosida jazo qo’llangan.
Ushbu holatga o’xshash yana bitta holat aynan Nishon tumanida 2022-yilning 9-mart kuni sodir bo’lgan.
Ma’lum bo’lishicha 21-sonli maktabning 11-sinf o’quvchisi G.E ham uyining orqa tomonidagi daraxtga o’zini osib, voqea joyida vafot etgan.
Marhumaning ruhiyatida jiddiy o’zgarishlar bo’lganligi suidsidga asosiy sabab bo’ladi.
Tuman IIB boshligʻi Sh. Shokirov ushbu holat bo’yicha tergov oldi tekshiruv ishlari davom etayotganligi hamda tibbiy ekspertiza tayinlaganligini maʼlum qiladi.
Xulosa qilib aytganda, suitsid – ijtimoiy kasallik, uni davolash uchun jamiyatning har bir a’zosi, oila, maktab, mahalla, ta’lim muassasasi, davlat va jamoat tashkilotlarining uyg‘unlikdagi faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish lozim.