Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A.ga o‘ziga ijara shartnomasiga asosan Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan ajratilgan 200 gektar chorvachilikka mo‘ljallangan yaylov yer maydonini fuqaro A.T.ga 250 mln so‘mga firibgarlik yo‘li bilan sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jarqo‘rg‘on tumani irrigasiya bo‘limi xodimi X.A. fuqaro U.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Sho‘rchi tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.E. “B.V.” xususiy korxonasi rahbari B.ga o‘zini tuman hokimligi xodimi sifatida tanishtirib, unga auksion savdolarisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sanoat zonasidan 5 sotix yer maydonini 1 200 AQSH dollari evaziga olib berishni va’da qilib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.