Pandemiya davrida to‘xtatib turilgan jarima sanksiyalari to‘lanadimi?

2020 yilda hisoblangan soliqlar bo‘yicha tekshiruvlar natijasida belgilangan jarima va penyalar to‘lovi to‘xtatilganmi yoki ularni to‘lash lozimmi?

Bu masala haqida DSQ Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti direktori Dilshod Yuldashev tushuntirib berdi:

– 2022 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:

faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;

2020 yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;

2020 yil 15 maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha SK 483-m. 4-q..

Korxona soliq organiga to‘lanadigan soliqlar summasi oshirilgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan taqdirda SK 83-m. ushbu normalarni qo‘llash muddati 2022 yil 1 yanvarda tugaganligi sababli shaxsiy kartochkalarda ham 2021 yil uchun soliq qarzi aks ettiriladi va penya hisoblanadi.