“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha navigasiya va yo‘l belgilari o‘zbek tiliga o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
«Yurtimizda qatnayotgan yo‘lovchi poyezdlarining vagonlarida turli navigasiya va ko‘rsatma belgilari aksariyat xollarda xorijiy tillarda aks etilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga asos bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda, befarq bo‘lmagan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildirib, bu borada “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur yo‘nalishda ishlar olib borilayotganini ham qayd etish lozim.
Jumladan, quyidagi rasmlarda aks etgan turli xil navigasiya va ko‘rsatma belgilari vagonlarda o‘zbek – davlat tilida chop etilib bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda. Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish va belgilarni davlat tilida barcha vagonlarda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan», deyiladi xabarda