Oshqozon kislotaliligining kamayishi, shilliq qavatning yangilanishi uchun zarur S va B vitaminlar yetishmasligi hazm a’zolari kasalliklarini qo‘zg‘atadi.
O‘simliklar changi, atmosferadagi o‘zgarishlar allergik kasalliklarning xuruj qilish ehtimolini oshiradi.
Sovuq mavsum tugashi bilan terining yog‘ bezlari faoliyati o‘zgaradi, natijada husnbuzarlar ortishi, ekzema, psoriaz, vitiligo kasalliklarining avj olishi kuzatiladi.
Ko‘pchilik ayollarda bahor mavsumida yengil kiyimlar kiyishga o‘tishi bilan sistit (siydik pufagi yallig‘lanishi) kasalligi yuzaga kelishi xavfi ortadi!