O‘zgidromet 11-12 aprel kunlari janubidan kirib kelayotgan siklon oqibatida, respublikaning ko‘plab hududlarida kuchli shamollar, chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatga yog‘inlar hamda ayrim hududlarda chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida prognoz xabar ishlab chiqdi.
Xususan, mutaxasislar 11 aprel kuni Jizzax va Surxondaryo viloyati ayrim hududlarida shamol tezligi kuchayganda 23-28 m/s kuchga ega kuchli shamollar bo‘lishidan ogohlantirishmoqda.
Oy boshidagi quruq va issiq havo ortidan, janubiy siklon ham mintaqadan mavsumga xos bo‘lmagan noodatiyroq ob-havo hodisalari bilan o‘tishi ma’lum bo‘lmoqda. 11 aprel shimoliy hududlar, 12 aprel Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatida kutilayotgan yog‘inlar chaqmoq momaqaldiroqli xususiyatli bo‘lib, qisqa muddatli jala yog‘inlar yog‘ishiga olib keladi.
13-14 apreldan respublikada yana barqaror, yog‘ingarchiliksiz havo oqimi hukmron bo‘ladi. Harorat yana ko‘tariladi.