Bugun san’atkor 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktyorning oila a’zolari xabar bergan.
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 1940 yili Toshkentda tavallud topgan. Avvalgi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Ijodi davomida “Shaytanat”, “Bahor qaytmaydi”, “Osmondagi bolalar”, “Fotima va Zuhra”, “Sunami”, “Achchiq hayot”, “Jazo”, “Amakivachchalar” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan.