Majburiy ijro byuro Yakkasaroy tumani bo‘limi o‘lgan otadan aliment o‘ndirib bermoqchi. Bu haqda “Xolis fikr” telegram kanali ma’lum qildi.
“Suhbatdoshimning aytishicha, buning uchun uning nomiga “Aloqabank”dan plastik kartochka ochdirgan.
— Kecha pochtadan kelib, o‘sha plastikni tashlab ketishdi, — deydi fuqaro N.R. — Avvaliga tushunolmadim. Pochtadagilarga men plastik kartochka “zakaz” qilganim yo‘qligimni aytdim. Ular MIB aliment uchun ochdirishgan, degandan keyin angladim.
Ikki nafar voyaga yetmagan bolani tarbiyalayotgan N.R.ning turmush o‘rtog‘i vafot etganiga yetti yil bo‘ladi.
— O‘tgan yili MIBdan telefon qilib, eringiz aliment to‘layaptimi, deb so‘rashdi. Ularga turmush o‘rtog‘im vafot etganini aytdim. Hatto o‘lim guvohnomasidan nusxa ham berdim. Shunga qaramay, nomimga plastik karta ochdirib, jo‘natishganini hazm qilolmayapman. Oradan shuncha vaqt o‘tgandan keyin bu qanday tomosha bo‘ldi? Nima bu odamning ustidan kulishmi yoki eski dardini yangilashmi, deydi kuyinib N.R.
Uinston Cherchillning “Soliqdan faqat o‘lib qutilish mumkin” degan qanotli gapi bor. Aftidan, alimentdan o‘lib ham qutulib bo‘lmaskan chog‘i…”, deyiladi xabarda.