Turizm va madaniy meros vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq:
Baxtiyor Ibragimov — turizm va madaniy meros vazirining
xalqaro turizmni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori bo‘lgan.
Nusratilla Zikrillayev — turizm va madaniy meros vazirining investisiyalar, turizm klasterlari va lisenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas’ul xodimi bo‘lgan.
Botirjon Shahriyorov — turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar, Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.