Stent yurakka naf beradimi?

Stentlash amaliyoti o‘tkazilgandan keyin ham yurak ishemik kasalligini davolashda ishlatiladigan dori vositalarini to‘xtatish mumkin emas.

Stentlashdan keyin shifokor yozib bergan dori vositalarni qat’iy tartib asosida ichib yurish zarur.

Jismoniy faollik – stentlashdan keyin bir oy mobaynida sport bilan shug‘ullanish mumkin emas, lekin yengil mashqlar bajarish mumkin.

Rasionda hayvon yog‘lari, uglevod mahsulotlari, shirinliklar va tuz kamroq bo‘lishi kerak. Kofe va kofein saqlovchi boshqa mahsulotlarni cheklash kerak.

Aksincha, o‘simlik yog‘lari, meva va sabzavotlar baliq mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish kasallik qaytalanishini oldini oladi.

Amaliyotdan keyin bemorlar holatiga qarab odatiy ish faoliyatiga qaytishlari mumkin.