Kuni kecha kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 206 kilometrida sel oqimlari kuzatilgani bois yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopilgan edi.
Bugun FVV “Qamchiq” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochilganini ma’lum qildi.
Takidlashicha, Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zaruriy tadbirlar natijasida “Qamchiq” dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochilgan.