​​Tafakkur vaqti: Kafolat bormi?

Davra katta edi. Suhbat qizigandan qizidi. Kimdir:
– Hozir Azroil alayhissalom kelsa-yu: «Uch kundan keyin joningni olaman, tayyorgarligingni ko‘raver», desa, nima qilardinglar? – deb o‘rtaga savol tashladi.

– Barcha gunohlarim uchun tavba tazarru qilardim.

– Kecha-kunduz namoz o‘qirdim.

– Ota-onamning roziliklarini olardim.

– Barcha qarzlarimni to‘lab chiqardim.

– Molimning katta bir qismini beva-bechoralarga bo‘lib berardim.

Haligi kishi yana gap tashladi:

– Nimaga shu ishlarni hozir qilmayapmiz? Yo ichimizda birov yana uch kungacha tirik qolaman, deb qat’iy ishonch bilan ayta oladimi?

«Sharq hikoyat va rivoyatlari»dan