Endilikda 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Bu haqda Xalq Talim Vazirligi malum qildi.

Kelgusi 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2022 yilning 31 dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, yaʼni 2015 yilning 31 dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim.

Eslatma, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlov kurslari tashkil etiladi.