Tafakkur vaqti: Yaxshi so‘zning kuchi

Xotin ishdan qaytgan eriga shunday debdi:

– Menga o‘zgartirishim kerak bo‘lgan barcha salbiy sifatlarimni yozib bersangiz. Men a’zo bo‘lgan ayollar jamiyati shunday vazifa berdi.

Er bir qog‘ozga yozibdi:

«Men xotinimni qanday bo‘lsa, shundayligicha sevaman. Unda hech qanaqa ayb ko‘rmayman».

Er buklangan qog‘ozni ayollar jamiyati talab qilganidek xotiniga beribdi.

Ertasi kuni er uyiga kelganida xotini uni bir quchoq gul bilan kutib olibdi. Uning ko‘zlarida shodlik ko‘z yoshlari jilvalanar edi. U eriga debdi:

– Bu men uchun kutilmagan ish bo‘ldi. Ayniqsa, bu maqtov yozilgan maktubni ko‘pchilikning orasida ochganim…

Shunda er to‘g‘ri yo‘l tutganini ko‘nglidan o‘tkazibdi:
«Xotinimning ayblari bor edi. Ammo men shuni bildimki, u ayblarni aytgan bilan hech qachon muolaja qilib bo‘lmas ekan».

Qizig‘i shuki, uning xotini shu hodisadan keyin yetmish foizga o‘zgaribdi. Negaligini bilasizmi? Bu – maqtovning qarshi chiqib bo‘lmaydigan sehridir. Bu moddiylik barobar bo‘la olmaydigan mamnuniyat quvvatidir.

Ayblarni aytish nafrat, adovat va sarkashlikni paydo qiladi.