Toshkentda viloyatida 16 yoshli bola tanishlari bilan onasini o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 31 iyul soat 21:00 larda 2006 yilda tug‘ilgan bola yashash xonadonida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan tanishlarini uyiga yordamlashish uchun chaqirgan.
Shu vaqt u jinoiy sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirib, murdani yashash uyining yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar prosessual tartibida ushlangan.