“To‘xta! Qulog‘ingni uzib olaman!”

Texnika taraqqiyoti natijasida nafaqat vaqt tig‘izlashdi, balki shu vaziyatga monand holda odamlarning asablari ham ancha taranglashgani barchamizga kundek ravshan. Fikrimizning isbotini esa navbat kutish kerak bo‘lgan har qanday manzilda, ayniqsa, yo‘llarda ko‘p uchratamiz. Bir-biriga qo‘pol va qo‘rs muomalada bo‘ladigan odamlar endilikda hech ikkilanmasdan bir-birining qulog‘ini uzib olishdan ham tap tortishmayapti.

Ishonmayapsizmi? Unda quyidagi voqeaga e’tibor bering. Kuni kecha Meksikadagi metrolardan birida janjal chiqdi. Xabarlarga ko‘ra, Meksikaning poytaxti Mexiko shahrida metroda ketayotgan bir ayol unga tajovuz qilishayotganini aytib atrofdagilardan yordam so‘ragan. Janjal shundan keyin boshlangan. To‘polon borgan sari kattalashayotganini ko‘rib, janjalga aralashgan bir yo‘lovchi zo‘ravonning qulog‘ini qattiq tishlash natijasida uzib olgan. Metrodagi yo‘lovchilar tezda ichki ishlar xodimlarini chaqirishgan, shifokorlar esa zo‘ravonga tezda birinchi yordam ko‘rsatishdi. Ayol zo‘ravondan shikoyat qilganligi sabab mazkur voqea qahramonlarining ustidan tegishli hukm chiqarish uchun xodimlar tomonidan olib ketildi.

Eslatib o‘tamiz:
AQSH lik bokschi Mayk Tayson 1997 yilda ishtirok etgan bir musobaqada raqibining qulog‘ini tishlab uzib olgan edi.

Darvoqe, agar kelishmovchilik chiqsa, siz ham odamlarning qulog‘ini tishlab uzib yurmanga! Multqahramon aytganidek “Kelinglar, do‘st, inoq bo‘lib yashaylik.

Dilbar Rajabova tayyorladi