Yana o‘sha ahvol, test savollari “sizib” chiqdi

Ijtimoiy tarmoqda test savollari surati tarqala boshladi. DTM bu haqda rasmiy munosabat bildirdi.


«Ayrim telegram kanallar yozganidek hech qanday archa bayram boshlangani yo‘q. Archa bayramni buzib qo‘yganimiz uchun “uzr so‘raymiz”. Abituriyent telefon olib kirishni uddalasa, Davlat test markazi ularni aniqlab, chetlatishni uddalaydi.

Marhamat, sizlar turli rasmlarni telegram kanallarda e’lon qilishda davom etavering, biz esa barchasi nazoratda ekanini ko‘rsatib beramiz hamda jarayonlar shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlaymiz.

1. Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

2. Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitobi esa diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitobi 8-avgust (bugun) kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas».