Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Tafakkur vaqti: MEVALARNI KIM YЕDI?

12.08.2022 20:44

17

Bir badavlat kishining qullari orasida Luqmon ismli nimjon va xunuk quli bor edi. Hojasi zaifhol Luqmonni ko‘p xo‘rlardi. Bir kuni xoja qullariga mevalarni yig‘ib-terishni buyurdi. Ular meva yig‘ish...

Bir badavlat kishining qullari orasida Luqmon ismli nimjon va xunuk quli bor edi. Hojasi zaifhol Luqmonni ko‘p xo‘rlardi.

Bir kuni xoja qullariga mevalarni yig‘ib-terishni buyurdi. Ular meva yig‘ish uchun boqqa ketishdi. Luqmondan boshqa qullar ochlikka chidolmay, mevalarni paqqos tushirishdi. Qaytishgach, xojalariga mevalarni Luqmon yeganini aytishdi.

Hoja unga qattiq so‘zlar aytib, jazolamoqchi bo‘ldi. Luqmon o‘ziga nohaq ayb qo‘yilganini aytib: «Bizga to‘ygunimizcha issiq suv ichiring va otingizga minib bizni yugurtirib, imtihon qiling.

Mevalarni kim yegani shunda ma’lum bo‘ladi», dedi.
Hoja bu taklifni qabul qilib, qullariga to‘yguncha issiq suv ichirdi. Yugura-yugura holdan toygan qullar me’dalari qurib, yegan-ichganlarini qayt qila boshlashdi va nihoyat mevalarni kim yegani oshkor bo‘ldi.

Hisob-kitob kuni barcha sirlar fosh bo‘ladi. Iymon keltirib, ezgu amal qilganlar bilan gunohkor-jinoyatchilarning orasi ajraladi.

«Masnaviy»dan

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган