Tafakkur vaqti: TASHNA BO‘LSANG, SUVGA TALPIN!

Anhor bo‘yida baland devor bor edi. Narigi tomonda tashnalikdan tinkasi qurigan odamning suvga yetishishiga shu devor to‘sqinlik qilardi.
Bechora suvsizlikda qolgan baliqday talpinardi.

Chanqoqning zo‘ridan devordan osha bir g‘isht parchasini otardi. Uning anhorga tushib chiqargan tovushi, oshiq uchun yor ovozidek yoqimli edi.

U yana g‘isht olib otishni boshladi. Irmoq: «Tosh otib meni bezovta qilishdan senga nima naf?», dedi. Tashna: «Bundan menga ikki foyda bor. Suvning ovozini eshitish men kabi chanqoqqa xush yoqadi. Men olayotgan har bir g‘isht devorning yuksakligidan qisqartiradi va suvga yetishim tezlashadi.

Borliq devori Robbul olaminga qurbat qosil qilishga, Unga sajda etishga to‘siq bo‘lib turaveradi. Bu tuproq badandan ayrilmaguncha obi-hayotdan to‘yib-to‘yib ichish imkoni bo‘lmaydi. Devor ortidagilardan kim qanchalik tashna bo‘lsa, shunchalik jiddu-jahd bilan devor g‘ishtlarini uloqtirishga kirishadi.

«Masnaviy»dan