Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “X.e.” fermer xoʻjaligi rahbari M.J. xoʻjalikka chorvachilikni rivojlantirish va xorijdan naslli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan 780 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga xorijdan olib kelingan 31 bosh naslli qoramollarni sotib yuborib, kredit mablagʻini oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Shu kabi, Angren shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.O.” MCHJga baliqchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 490 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini MCHJ rahbari A.Oʻ. boshqa maqsadlarda sarflab, oʻzlashtirib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.