Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. fuqarolar Z. va SH.ning ishonchiga kirib, ularga xorijdagi oliy oʻquv yurtida oʻqiganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar tayyorlab berish orqali Toshkent shahridagi oliy taʼlimi muassasalariga koʻchirib berishi evaziga 7 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.A. fuqaro SH.ni goʻyoki Toshkent shaharida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 1 000 AQSH dollari evaziga Namangan davlat universitetining “Musiqa” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 500 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.