Рекламангиз учун жой

Формат: 1200x90px | Боғланиш: info@ogoh.uz

Shavkat Mirziyoev Zelenskiyga tabriknoma yoʻlladi

27.08.2022 10:16

3

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 24-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Tabriknoma 25-avgust kuni Oʻzbekistonning Kiyevdagi...

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 24-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Tabriknoma 25-avgust kuni Oʻzbekistonning Kiyevdagi elchixonasi saytida eʼlon qilindi.

«Bu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana — diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30-yilligini nishonlaymiz. Hech shubha yoʻqki, anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan oʻzbek-ukrain munosabatlari birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli bundan keyin ham rivojlanib boradi», — deyiladi tabrikda.

«Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, masʼuliyatli davlat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, doʻst ukrain xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Улашиш:

Ellipsis Сўнгги янгиликлар

Ellipsis Энг кўп ўқилаётган