Samarqand shahriga kirish va chiqish yopiladi

Joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan, 14-15-16- va 17 sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

“Shu munosabat bilan viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz.

Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin”, – deyiladi xabarda.