Yaponiyada to‘fon: 9 million kishi yashash joyini tark etishga majbur bo‘ldi

Yaponiyada yakshanba kuni ertalab boshlangan Nanmadol to‘foni haqida berilgan ogohlantirishga ko‘ra, 9 million kishi o‘zi yashab turgan joydan ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. O‘lkaning janubida yuz bergan to‘fon hodisasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi hamda 70 kishi yaralandi.

To‘fonning keyingi yo‘nalishi Kyushu orolidan poytaxt Tokioda joylashgan Honshuga qarab harakatlanishi kutilmoqda.

Yuqoridagi vaziyat taqozosi bilan o‘n minglab aholi yakshanba kuni kechani favqulodda vaziyat tufayli to‘planadigan maydonda o‘tkazgan va taxminan 350 mingta yashash joyida elektr energiyasi uzilib qolgan.

Ayni kunlarda kuchli sel va ko‘chkilar kutilayotgani sabab davlatdagi bir qancha aloqa xizmatlari, ishxonalar yopildi. Hodisa yuz beradigan hududlarni asrash uchun yo‘llarga qum trublaari o‘rnatildi. Nanmadol to‘foni oqibatida shamol tezligi soatiga 234 km tezlikni tashkil etgani aniqlandi.

Ayrim hududlarda 24 soat ichida 40 sm tezlikda yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Tezyurar poyezdlar to‘xtatildi va yuzlab samolyot parvozlari bekor qilindi. Yakshanba kuni Kyushu orolidagi dengiz toshdi. Kagoshima shahrida esa ko‘chki sodir bo‘ldi. Yaponiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bir kishi avtomobilida dengiz suviga g‘arq bo‘lib hayotdan ko‘z yumgan. Qutqaruv xizmati ko‘chki oqibatida talofat ko‘rgan uylarning ichida tirik jon bor yoki yo‘qligini tekshirishmoqda.

Videotasvirlarda binolarning tomlari uchib ketgani, yo‘l chetidagi reklama e’lonlarining yirtilib ketganini ko‘rish mumkin. To‘fon Honshu orolidan o‘tib, chorshanba kuni okeanga qarab o‘z yo‘nalishini davom ettirishi kutilmoqda.

Poytaxt Tokioga yomg‘ir yog‘ishi hozirdanoq o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Shahardagi metrolar yopildi.

Kagoshima, Miyazaki, Oita, Kumamato va Yamaguchi shaharlarida istiqomat qilayotgan 500 mingdan ortiq kishiga ham xavfli vaziyat yuzasidan ogohlantirish berildi.

N’yu Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT ning Bosh Assambleyasida uchrashuvda ishtirok etishi lozim bo‘lgan Yaponiya Prezidenti Fumio Kishida to‘fon tufayli tashrifini kelgusi hafta seshanba kuniga qoldirdi.