Ogoh bo'ling

Yangihayot tumanidagi ba’zi mahallalarda ikki kunga ichimlik suvi to‘xtatiladi

Bu haqda Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ichimlik suv tarmoqlarining yopqichlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, 26-sentyabr 10:00dan 27-sentyabr 18:00gacha «Yangihayot», «Oriyat», «Marhamat», «Gulshanobod», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi turmush», «Xushnud», «Navqiron», «Charag‘on», «Iqbol», «Do‘stlik», «Yorqin hayot» va «Olchazor» mahallalar hududi ichimlik suvi ta’minotidan vaqtincha uziladi”, deyiladi xabarda.

Ko'proq yuklang

Tegishli maqolalar

Back to top button