Turkiya g‘arbidagi Chanakkale viloyatining Ayvajik tumani qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda “Onado‘li” agentligi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Egey dengizidagi fojia natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgan, 15 nafar muhojir qutqarilgan.
Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar bola ham bor. Bir kishini qidirish davom etmoqda.