Komil Allamjonov boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga murojaat bilan chiqdi. U o‘z murojaatida aprobasiya ishlarida faol bo‘lishga chaqirgan.
«Xalq taьlimi vazirligi tez kunlarda 1-2 sinf uchun o‘quv dasturlar, yangi metodika va darsliklarni aprobasiyasini boshlamoqda. Finlyadiya mutaxassislari ekspertizasidan o‘tayotgan va tasdiqlanayotgan ushbu darsliklar o‘ylaymanki O‘zbekiston ta’lim soxasini tubdan yuqori sifat darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Men har doim bir gapni aytib kelaman. Albatta maktab binolari kerak va zarur lekin undan ham oldin sifatli darsliklar, oddiy aytganda ta’lim olish uchun kontent yaratish undanda zarur. Maktab binolarini qasr qilib qurib quying, lekin shunga yarasha o‘qitish uchun zamonaviy kontent bo‘lmasa bu shunchaki bir tiyinga qimmat beton bo‘ladi xalos. Agar kontent sifatli, zamonoviy va kuchli bo‘lsa, bola palatkada o‘tirib o‘qisa ham bilimli bo‘laveradi. Aytmoqchi bo‘lganim shuki, prioritetlarni to‘g‘ri belgilash kerak.
Shu fursatdan foydalanib, ertangi kun uchun befarq bo‘lmagan barcha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini aprobasiya ishlarida faol bo‘lishga chaqirib qolamiz. Agarda siz xali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, https://talim2023.uz sayti orqali bu ishni amalga oshirishingiz mumkin», deyiladi xabarda. https://t.me/allamjonov_ki/1633