OAVda Toshkentda spirtli ichimlikdan zaharlangani aytilayotgan uch erkak va bir ayol shifoxonada vafot etganligi haqida xabar berildi.
Mazkur holat haqiqatda ham sodir bo‘lgani tasdiqlandi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Bu bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.