Uyqu bizning asosiy kundalik ehtiyojlarimizdan sanaladi. Uyqu vaqtida ro‘y beradigan muammolar uyquning buzilishiga sabab bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqotlar uyqusizlik ko‘p kasalliklarga sabab bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Uyqusizlikka sabab bo‘ladigan holatlardan biri surunkali oyoq og‘rig‘i hisoblanadi. Bu xastalikning oddiy va qulay yechimi mavjud. Oyoq og‘rig‘i asab tizimi kasalliklari sirasiga kiradi. Uyqu paytida ba’zan oyoqning beixtiyor harakatga kelishi eng ko‘p kuzatiladigan holatdir. Agar sizda shunday muammo bo‘lsa, oddiy sovun bilan unga yechim topishingiz mumkin ekan.
Yuqoridagi kasallik oyoq mushaklarida kislotalarning ortib ketishidan yuzaga kelar ekan. Choyshabning tagiga ya’ni, oyoqlaringiz turgan joyga bir bo‘lak sovun qo‘yasiz. Agar ijobiy natijaga erishishni istasangiz buni harkuni qilishingiz lozim bo‘ladi. Sovundagi mavjud moddalar va uning ifori asab tizimiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, osuda uxlashga yordam beradi.
Ta’sirini esa sovun qo‘yganingizdan bir soat o‘tgach, sezasiz. Shuningdek, temir moddasi yetishmasligi tufayli ham kuzatiladigan bu xastalikka antidepresantlar, kalsiy singari bir qancha dori-darmon vositalari ham davo bo‘ladi. Ushbu kasallik ko‘pincha ayollarda kuzatiladi. Yoshning esa farqi yo‘q, turli yoshlarda kuzatilishi mumkin. Jiddiy ta’sir ostida qolganlarning ko‘pi esa o‘rta yosh va keksalardir. Yosh bilan birgalikda tez-tez va uzoqroq vaqt kuzatiladi.