Ukraina prezidenti saytida alifboni lotin alifbosiga o‘tkazish taklifi bilan petisiya paydo bo‘ldi. Tashabbus davlat rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun 25 ming ovoz to‘plashi zarur.
«Zamonaviy ingliz alifbosi doirasida ukrain alifbosini lotin alifbosiga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman. Bunday o‘tish uchun yetarlicha sabablar bor va ular o‘z-o‘zidan ma’lum”, — deb yozadi petisiya muallifi.
Bir muddat avval Ukraina Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Oleksiy Danilov ham xuddi shunday fikrni bildirgan edi. U kirill alifbosidan voz kechish masalasini keng muhokamaga olib chiqishni taklif qildi, keyin esa uni qo‘llab-quvvatlamadi.