Sarsongarchilikda yurgan ona farzandlari bilan o‘z uyiga qaytarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining 2022 yil 09 avgust kunidagi ijro varaqasiga asosan da’vogar X.G.ni ikki nafar voyaga yetmagan farzanlari bilan birgalikda Koson tumani Boyg‘undi MFY.dagi qishloqlarning biridagi xonadonga kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Koson tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida taraflarga ixtiyoriy muddat berilib, ogohlantirilgan.

Shuningdek, ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.O. va uning yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazilgan.

Tushuntirish ishlari va olib borilgan ijro harakatlari natijasida da’vogar X.G. ikki nafar voyaga yetmagan farzanlari bilan birgalikda o‘z uyiga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi va ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.