«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi yangi qonunga ko‘ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimiga bir qator cheklovlar qo‘yilmoqda.
Jumladan ularga quyidagilar ta’qiqlanmoqda:
-tijorat tashkilotlarining muassisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo‘lishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalarining o‘n foizgacha egalik qilish hollari mustasno;
-o‘zi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotning nazorat ostidagi tashkilotlarining aksiyalariga yoki ustav fondidagi ulushlariga o‘zining yoki yaqin qarindoshlarining egalik qilishiga, shuningdek ushbu tashkilotlarning boshqaruv organi a’zosi bo‘lishiga, bundan bu faoliyat qonunchilikka muvofiq o‘z lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno. Bunda shaxs o‘zi yoki yaqin qarindoshlari tegishli tashkilotlarining aksiyalariga yoki ustav fondidagi ulushlariga egalik qilgan yoxud mazkur tashkilotlarning boshqaruv organlari a’zosi bo‘la turib davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda xodim lavozimini egallagan hollarda, ular ushbu aksiyalarni yoki ulushlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bir oy ichida realizasiya qilishi, boshqaruv organlarining a’zoligidan chiqishi kerak;
-o‘zi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda o‘ziga taalluqli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqishda yoki o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqishda vakil sifatida ishtirok etishga, agar u qonunchilikka muvofiq qonuniy vakil bo‘lmasa;
-o‘zi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarning mol-mulkini sotib olishda yoki ijaraga olishda ishtirok etishiga, shuningdek ushbu savdolarda o‘ziga aloqador shaxslarning ishtirok etish.
Shuningdek, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning o‘zi bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan yoki lavozimidan ozod etilgan xodimlari ikki yil davomida oxirgi ish joyida o‘zi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlar yoki ularning tarkibiy tuzilmalari tomonidan ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotning korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘linmasi mansabdor shaxs