Bugun Yangihayot tumanidagi Xushnud mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi asosida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri, Toshkent shahar kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i, tuman sektor rahbarlari, mas’ullari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Davlat rahbarining topshirig’iga asosan, 2023-yilning sentabr oyidan boshlab Xushnud mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturiga start berildi. Shu vaqt davomida mahalladagi jami 1653 nafar fuqarolarga turli xil yordamlar ko’rsatildi.
Xususan,
155 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi;
164 nafar fuqarolarga konsert va kino namoyishlari uchun bepul chipta berildi;
177 nafar ayollar Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlariga sayohatga yuborildi;
48 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi;
169 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishida ko’maklashildi.
163 ta ehtiyojmand oilalarning xonadonlari chiqindilardan tozalanib, tomorqa yerlariga ishlov berildi;
8 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi;
14 nafari doimiy ishga joylashtirildi;
5 nafariga 80,8 mln.so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi;
3 nafar kam ta’minlangan fuqarolar xonadonlariga yengil konstruksiyali
issiqxona qurib berildi.
“Temir daftar”ga kiritilgan 3 nafar fuqaroga 12 mln.so‘mlik;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 30 nafar yoshga 49,5 mln.so‘mlik;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 106 nafar ayollarga 185 mln.so‘mlik yordam berildi.
Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, doimiy muloqot o’tkazish, ularni hal etish har bir fuqaroning davlat e’tiborida ekanligidan darak. Xushnud mahallasida ham o’tkazilgan doimiy sayyor qabullar natijasida 132 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. 68 ta murojaat joyida hal etildi, 57 tasiga huquqiy tushunchalar berildi, 7 tasi o’rganish jarayonida.
Sog’liqni saqlash yo’nalishida esa mas’ullar tomonidan sayyor tibbiy ko’riklar ham tashkil etildi. Uyma-uy o‘rganishlar natijasida 552 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 11 nafariga shahar va tuman miqiyosidagi shifoxonalarda davolanish uchun order, 15 nafar fuqaroga protez-ortopediya vositalari, eshitish moslamalari va qo’ltiq tayoq, 10 nafariga bepul dori-darmon vositalari berildi.
Tadbirda dastlab amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rolik namoyish etildi. Shundan so’ng mas’ullar uylari ta’mirlab berilgan fuqarolarning xonadonlarida bo’lishdi. Fuqarolar bilan suxbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shundan so’ng osh tarqatilib, amalga oshirilgan ishlarda jonbozlik ko’rsatgan mas’ullar va mahalla faollariga diplom va esdalik sovg’alari berildi.