Tana vazni oshgani sari yurak-qon tomir tizimiga tushayotgan yuklama oshadi. Tana hajmi katta bo‘lgani uchun yurak katta qarshilikka uchraydi.
Qon tomirlari devorlariga bo‘ladigan bosim ham kuchayadi. Bunda qon tomirlari devorlari qattiqligi oshadi. Bunda qon tomirlarida qon qiynalib oqishi va qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, ortiqcha vaznda yuzaga keladigan xolestirin qon bosimiga ta’sir o‘tkazadi. U qon tomir devorlari chetiga yopishib, qon tomirning ichki qismi kichrayishiga sabab bo‘ladi.
Ya’ni katta tomir torayib boradi va undan qon o‘tishi qiyinlashadi.