Super-kontrakt uchun arizlar 1-oktyabrgacha qabul qilinadi

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat ta’lim muassasalariga tabaqalashtirlgan ( super-kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktayabr kuni etib belgilandi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi .

Xabarga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktyabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan