Dorilarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar D. V., S. X., va I. J. larning insonga kuchli taʼsir qiluvchi 100 dona «Regapen» nomli dori vositasini 2.5 mln soʻm evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga qoʻlga olingan.

Shuningdek, Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro L.A. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvchi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan JK ning 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan