Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida “tezkor tadbir” o‘tkazildi

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor-profilaktik tadbiri davomida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent viloyat IIBB, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida o‘tkazgan “tezkor tadbir” davomida, yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan 27 nafar shaxslar aniqlanib ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, viloyat IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani va uning natijalari e’lon qilib borilishi haqida xabar berilgan edi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan