“Bir oiladan uch inson tuhmat bilan qamoqda o‘tiribdi” sarlavhali videoxabar yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir oiladan uch inson tuhmat bilan qamoqda o‘tiribdi” sarlavhali videoxabar tarqalgan.

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 2020 yilning 4 oktyabr sanasida Mirishkor tumani, Chandir qishlog‘ida yashagan 2 nafar shaxsning murdalari qotillik alomatlari bilan hamda Sh.J va voyaga yetmagan D.Alar og‘ir tan-jarohatlari bilan xushsiz holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirishkor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar shaxsga ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun Qashqadaryo viloyat sudiga yuborilgan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan