Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov chet elda ishlab yurgan oʻzbekistonliklar yanada vatanparvarroq boʻlib, daromad soligʻi toʻlashlarini taklif qildi.
«Nima sababdan bizda xorijda ishlab yurganlar topgan daromadi uchun soliq toʻlamasligi kerak? Migrantlar joʻnatayotgan pul faqat ularning oilasi uchun, lekin mamlakatning taraqqiyoti yoʻlida ishlatilmayapti. Kelinglar, Oʻzbekistonning taraqqiyoti uchun migrantlar ham soliq toʻlasin», – taklif bildirdi Alisher Qodirov.
Bu oʻz navbatida internet tarmogʻi foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamaga sabab boʻldi. Har kim oʻz fikrini namoyon qildi. Qolaversa Qodirov tomonidan bunday «qovun tushirish»lar koʻp boʻlgan. Ammo bu safargisi juda oʻtib tushdi. Bugungi kunda mehnat muhojirlarining oila tebratish uchun amal-taqal qilib pul topayotgani barchaga maʼlum. Qolaversa Rossiyada mehnat qilayotganlar patent uchun ham anchagina toʻlovni amalga oshiradilar. Endi topgan daromadidan soliq toʻlash bu ahmoqchilik va talonchilikdan oʻzga narsa emas. Shuning oʻrniga ular uchun mamlakatdan chiqmasdan ishlash imkoniyati yaratilsa, topgan daromadidan orttirib, uy, toʻy qilish, mashina olish hamda oʻgʻil-qizlarini oliy maʼlumotli qilish uchun imkoniyat yaratilsa.
Qolaversa amaldorlarning farzandiga ajratilgan kvotalardan mehnat muhojirlarining farzandi uchun ham alohida kvota ajratilsa aholi orasida ilm kishilari ortsa ortadiki, biroq kamayib qolmaydi.
Internet foydalanuvchilari ushbu takliflar Qodirovning oʻzi tomonidan kiritilmagani, kim prezident boʻlib saylanishidan qatʼiy nazar, yaqin yillarda ushbu dastur doirasida qonun hujjatdari tayyorlanishi ham eʼtirof etib oʻtildi. Quyida sizga eng ommabop fikr mulohazalarni taqdim etamiz.
Alisher Qodirov brat sizga 5 yil Rossiyada ishlagan odam sifatida, hamda 6 yil praktikuyuщiy buxgalter sifatida shuni maʼlum qilmoqchiman. Gastarbayter yaʼni bizni qora koʻzlar Rossiyada man ishlagan vaqti NDFL 13% toʻlagan, xozirda Patent toʻlashadi oyi (3000-6000rubl) regioniga qarab.
Siz soliqlari toʻlanib yuborilayetgan puldan soliq olmoqchisiz, shu toʻgʻri deb oʻylaysizmi?
Ish topib berolmagan fuqarodan oʻzini oʻzi amallab yurganiga soliq olaman deyishi qanchalik toʻgʻri?
Exx sizga ovoz bermoqchiydima…..)))
Jaxongir Aka
Alisher Qodirov oʻziga ovoz bermasliklari uchun qoʻlidan kelgan hamma ishni qilayapti. Ammo biz baribir u kishiga ovoz beramiz. Partiyamiz shaʼnimiz.
Farukh Samarkandi
Mamlakat taraqqiyotini mardikorlar oʻylashi kerak ekan. Bechoralar itday xor boʻlib, Rossiyaning qora sovugʻida oyiga 300 dollar ishlab, bundan davlatga ham bir ulush berishi kerak emish. Bu shoʻrliklarning toʻlagan soligʻidan Oliy Majlisda oʻtirvolib 15 million oylik olib oʻtirish kerak ekan bu toʻralar! Sen bu odamlarga nima qilib berdingki, ulardan soliq talab qilasan? Bir parcha non izlab Rossiyaga chiqib ketgani uchun soliq toʻlashi kerakmi?
Nega bular mardikorlik qilib yurgan bu ahli mardumni vatanga qaytarish haqida oʻylamaydi? Ulardan soliq olish haqida emas, uyiga, bola-chaqasi yoniga qaytarish choralari koʻrilmaydimi?
Alisher Nazar
Shunchaki takliflar «nomzodlarni takliflari oʻrinli boʻlgani uchun» qabul qilinadi. Nafaqat Qodirov, boshqa nomzodlarni takliflari ham shunday), hukumat migrantlar joʻnatgan pulni qanday nazorat qiladi?
Katta ehtimol bilan, bu faqat A.Qodirov yoki MT partiyasining emas, amaldagi hukumatning A.Qodirov tili bilan eʼlon qilingan rejasi.
Bu rejani qayta oʻylab koʻringlar, bunday harakatlar oxir oqibatda XALQ noroziligiga, gʻalayonga sabab boʻlishi mumkin. Oʻylab koʻringlar. Bu qaror yaxshi qaror emas.
Olimjon Haydarov
Xalqimizda, foydang tegmasa, jim tur, zararing ham tegmasin, degan gap bor. Mehnat migrantlarimiz oʻzlari yoʻl topib turli davlatlarga borib ishlashyapti, ular joʻnatayotgan milliardlab dollarlar Oʻzbekistonga kirib kelyapti. Ular qanday sharoitlarda ishlayapti, mehnat huquqlari qay tarzda himoyalanyapti… Qodirovning ishi yoʻq. Lekin peshona teri bilan topayotgan pullarini sanashni biladi… Hoy barakatopgur, shular musofirlikda pul topib, oilasini boqayotganiga, rahmat, desangchi.
Usmon Yoʻldosh