Facebook kelasi haftada kompaniya nomini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Shu tarzda uning bosh direktori Mark Sukerberg «meta-universe»ni yaratishga oʻz eʼtiborini qaratmoqchi. Bu haqda Verge portali maʼlum qildi.
Sukerberg 28 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Connect konferensiyasida boʻlajak imidj oʻzgarishi haqida gapirishni rejalashtirmoqda.
Rebrending Facebook ilovasini Instagram, WhatsApp, Oculus va boshqalar kabi guruhlarni boshqaradigan bosh kompaniyaning koʻplab mahsulotlaridan biri sifatida belgilashi mumkin. Facebook vakili bu voqeaga izoh berishdan bosh tortgan.
Facebook – dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq va unga Facebook, Inc kompaniyasi egalik qiladi. U 2004 yil 4 fevralda Mark Sukerberg va uning xonadoshlari Eduardo Saverin, Dastin Moskovits va Kris Xyuz tomonidan Garvard universitetida oʻqish paytida asos solingan.
Veb-sayt dastlab Thefacebook deb nomlangan va faqat Garvard talabalari uchun mavjud edi, keyin Bostondagi boshqa universitetlarga, soʻng elektron pochta manzili .edu domeni boʻlgan AQShning istalgan taʼlim muassasasi talabalariga roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻldi. 2006 yil sentyabr oyidan boshlab, sayt elektron pochta manzili boʻlgan, 13 yoshdan oshgan barcha Internet foydalanuvchilari uchun ochildi.