Kuni kecha «Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi» mavzusida xabar bergan edik.
Hozirda mazkur voqea yuzasidan Oliy va o’rta ta’lim vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Bosh Prokratura, Ichki ishlari vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi o’rganish va surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo’lmoqda. Shuningdek, blogerlar ham ushbu holat yuzasidan fikrlarini bildirib o’tmoqdalar. Xususan, Zafarbek Solijonov o’z fikrlarini quyidagicha bayon etgan: «Jurnalistikaning (umuman insoniylikning ham) oltin qoidasi bu – taraflar nechta bo‘lsa, barchasiga teng miqdorda platforma berish. Hamma kelib, o‘z dalil-ashyolari bilan fikrlarini bildirsin. Jurnalist tarafkashlik va hissiyotlardan holi material tayyorlasin. Xulosani o‘quvchining o‘zi qilib olaveradi».
Bundan tashqari, kun.uz jurnalisti Abror Zohidov o’zining ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarida quyidagicha izoh bildirgan: «Bor xulosani o‘sha ona-qizning so‘zlariga qarab qilyapman va qator savollarga javob topa olmayapman:
- Nima uchun voqeadan 10 kun o‘tib shov-shuv ko‘tarilyapti?
- Soat 15:45 da ya’ni kuppa-kunduz kuni chiroqni o‘chirishga sabab bormi?
- 3-qavatdan «itarib» yuborilgan qiz yerga kelib tusharkan, og‘ir jarohat olarkan, zamdekan shuncha joydan aylanib kelib yana yerga urib o‘ldirishga urinarkan-u, hech kim ko‘rmaskanmi? Institutmi bu yoki kimsasiz tog‘-u toshlar orasimi?
- Qanday qilib narxozdan yujniy yonidagi institutga 8 minutda yetib kelib, zamdekanning xonasini topib borish mumkin? Yana kamida 20 minutlik masofada, eng probka ko‘chalardan yurib?
- 8 minutda narxozdan yetib kelgan Robin Gud zamdekan shuncha joydan aylanib, 3-qavatdan tushib kelguncha, qizni yerga urib o‘ldirishga uringuncha pastga tushmaganmi? Yerga urib o‘ldirishga uringanda nega aralashmay turgan?
- Zamdekan xonasida zo‘ravonlik qilgan chog‘da qizda kimgadir qo‘ng‘iroq qilib chaqirish imkoniyati bo‘lgan ekan, nega 102 ga yoki shu atrofdagi biror yaqiniga qo‘ng‘iroq qilmay, shuncha masofadagi yigitga qo‘ng‘iroq qilgan?
Xullas savollar ko‘p o‘rtoqlar, savollar juda ko‘o‘o‘p…»
Ushbu mavzu hali hanuz turli fikrlarga sabab bo‘lyapti, hamma nimadandir kelib chiqib, o’zining xulosasini bayon etyapti. Kimdir aybni zamdekandan, kimdir talaba qizdan qidiryapti… Xulosa qilishga shoshilmasdan tegishli mutasaddilar tomonidan aniq isbot bilan berilishi kerak bo’lgan natijalarni kutamiz!…
Laylo Esanmurodova