Ortiqxo‘jayevning qonunsizliklarini kim cheklaydi? – jurnalist

Jurnalist, «Dunyo o‘zbeklari» bosh muharriri Ismat Xushev o‘zining YouTube kanalida «Toshkent shahar hokimi poytaxtni sotib tugatdi» sarlavhali videomaqolasini e’lon qildi.


O‘zbekistondagi rahbariy lavozim egalarining faoliyatiga nisbatan tanqidiy ruhdagi maqolalar tayyorlab uzatayotgan jurnalist bu safar Toshkent shahar hokimining foliyatini tahlil qilgan.
«Ortiqxo‘jayev Toshkent hokimligiga kelgach, bu yerda biror bir tadbirkor o‘zining kichik, hatto maishiy sohadagi bo‘lsin, biznesini boshlay olmay qoldi, – deydi u. – Qaysi oshxona, qaysi savdo tarmog‘iga bosh suqib, ildizini tortmang, bir uchi, baribir, Ortiqxo‘jayevning qo‘lida turgan bo‘ladi.»


Ortiqxo‘jayev, Xushevning o‘zida borligini ta’kidlagan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentning juda katta qismini sotib yuborgan yoki o‘z manfaatlari uchun ishlatilishiga zamin yaratgan.

Hattoki, davlat rahbarining yonida yuruvchi kishilarning ham J. Ortiqxo‘jayev bilan qonun doirasidan tashqarida hisoblashishi haqida ham aytib o‘tadi Xushev.Bundan tashqari, Ortiqxo‘jayevning mansab vakolatlari suiiste’molidan eng katta jabrni ma’rifat parvarlik o‘chog‘i bo‘lgan Jurnalistlar uyushmasi va «Matbuot uyi» ko‘rgani ham ta’kidlangan. Sobiq Ittifoq davrida ham, undan keyin ham «Matbuot uyi» jurnalistlar uchun katta bir maktab bo‘lganligi rost.Prezident tomonidan imzolanib, ijrosiga Toshkent shahar hokimligi mas’ul etib belgilangan Jurnalistlar uyushmasi uchun bino qupish haqidagi qaror ijrosi ham hali bo‘y ko‘rsatgani yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, Jahongir Obidovich Ortiqxo‘jayev „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Artel, Discover Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senyor & Senyorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam Solutions, BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarnin o‘z ichiga oladi) asoschisi.

Toshkent shahar hokimi lavozimiga 2018 yilning 21 dekabrida kelgan. 2015 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanganEslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga kelishi kutilayotgandi.